Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Jahon chempionati boshlanishidan oldin «uchranglilar» futbolchilariga murojaat qildi.
«Men hammaga aytyapman: Jahon chempionati boshlanishi bilan boshqa hech narsa haqida o‘ylash mumkin emas. Futbolchilarning transferlari va shartnomalari bilan bog‘liq vaziyat qanchalik tez oydinlashsa, shunchalik yaxshi. Bu barcha futbolchilarga tegishli», — deya Deshamning so‘zlarini keltiradi La Gazzetta dello Sport nashri.
Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak Jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi «I» guruhida Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. JCH-2022da fransuzlar finalgacha yetib borib, Argentina terma jamoasiga imkoniyatni boy berishgan, 2018 yilda esa mundial g‘olibiga aylanishgan edi.













