Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Napoli» Rios uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor

«Napoli» Rios uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

«Napoli» klubi «Benfika» yarim himoyachisi Richard Riosning transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi.

Apito Final nashrining xabar berishicha, Neapol klubi kolumbiyalik futbolchini sotib olish uchun 35 million yevro miqdorida byudjet ajratib bo‘lgan.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya klubi rahbariyati yangi mavsum oldidan maydon markazini kuchaytirish uchun Riosni asosiy maqsadlardan biri sifatida ko‘rmoqda. «Benfika» esa 26 yoshli yarim himoyachini kamida 40 million yevroga baholamoqda va hozircha o‘z talabini kamaytirish niyatida emas.

Qayd etilishicha, tomonlarning pozisiyalari sekin-asta yaqinlashmoqda, shu sababli muzokaralar yaqin kunlarda hal qiluvchi bosqichga chiqishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Rios barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 20:14, 07.06.2026.
O'qildi: 258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик