Angliya grandlari uchun «Pari Sen-Jermen» vingeri Bredli Barkolaning transferini amalga oshirish oson kechmaydi. Parij klubi 23 yoshli futbolchi uchun ulkan narx — 130 million yevro belgiladi, deb xabar bermoqda «Le10 Sport».
Fransiyalik futbolchiga «Liverpul» va «Arsenal» klublari qiziqish bildirmoqda. Premyer-liganing har ikki vakili ham o‘yinchining iste’dodini yuqori baholamoqda, biroq «PSJ»ning bunday moliyaviy talablarini qondirishga tayyor emaslar.
«Transfermarkt» portali Bredli Barkolaning bahosini bundan deyarli ikki baravar past — 70 million yevroga baholagan. Ortda qolgan mavsumda «Lion» klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Barkola Luis Enrike jamoasi safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













