Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» o‘z yulduzini 80 million yevroga sotuvga qo‘ydi

«Barselona» o‘z yulduzini 80 million yevroga sotuvga qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi yozgi transfer oynasida o‘ng qanot himoyachisi Jyul Kunde bilan xayrlashishga tayyor. Kataloniya klubi fransiyalik futbolchini sotuvga qo‘ydi, deb xabar bermoqda «Transfer News Live» nashri «El Nacional»ga tayanib.

«Ko‘k-anorranglilar» 27 yoshli o‘yinchining transferidan taxminan 80 million yevro ishlab olishni rejalashtirishmoqda. Vaziyatni Angliya Premyer-ligasining nomi oshkor etilmagan bir nechta vakillari diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

«Transfermarkt» portali ekspertlari Jyul Kundening bozor qiymatini 60 million yevroga baholashgan. O‘tgan yilning avgust oyida futbolchi «Barselona» bilan shartnomasini 2030 yilga qadar uzaytirgan edi. Ortda qolgan mavsumda himoyachi Xans-Diter Flik jamoasi safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma (assist) muallifiga aylandi.

Kiritildi: 09:17, 08.06.2026.
O'qildi: 1526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик