Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Yan Koutu «Komo» jamoasining qiziqishlar doirasida turibdi, deb xabar bermoqda «Bild» nashri.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi muzokaralar hali boshlangani yo‘q. Qayd etilishicha, dortmundliklar 24 yoshli braziliyalik futbolchini 20-25 million yevrodan kam bo‘lmagan summaga qo‘yib yuborishlari mumkin.
Ortda qolgan mavsumda Koutu barcha turnirlarda jami 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi 2025 yilning yozida «Manchester Siti»dan «Borussiya» klubiga o‘tgan edi.
«Transfermarkt» portali Yan Koutuning bozor qiymatini 17 million yevroga baholamoqda.













