Kirish Ro'yxatdan o'tish

Karvaxalga top-chempionatdan yangi da’vogar paydo bo‘ldi

Karvaxalga top-chempionatdan yangi da’vogar paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal Madridning «Real» klubi bilan xayrlashganidan so‘ng o‘ziga yangi jamoa izlamoqda. 34 yoshli futbolchi yaqindagina deyarli butun faoliyatini o‘tkazgan «qirollik» klubini tark etgan edi.

«Estadio Deportivo» nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik himoyachini taklif etish imkoniyatini «Komo» klubi ko‘rib chiqmoqda. Sesk Fabregas boshchilik qilayotgan Italiya jamoasi A Seriyaning ortda qolgan mavsumi yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Daniel Karvaxal «Real» tarkibida olti bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va to‘rt karra Ispaniya chempioniga aylangan. Ortda qolgan mavsumda «qaymoqranglilar»ning sobiq sardori 23 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 11:40, 08.06.2026.
O'qildi: 295 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик