Madridning «Real» klubi matbuot xizmati prezidentlik saylovlari natijalarini e’lon qildi. Ovoz berish jarayonida Florentino Peres g‘alaba qozondi.
Amaldagi rahbar respondentlarning 65 foiz ovoziga ega bo‘ldi. Peres uchun 21 741 kishi ovoz bergan. Uning raqibi — tadbirkor Enrike Rikelme esa 35 foiz ovoz to‘pladi. Unga 11 814 nafar muxlis o‘z ovozini bergan.
Eslatib o‘tamiz, Peres 2009 yildan buyon uzluksiz ravishda «qirollik» klubini boshqarib kelmoqda. Saylovdagi g‘alabasidan so‘ng Florentino jamoaga portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu qaytayotganini e’lon qildi.
Ortda qolgan mavsumda «Real» La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar ligasining chorak finalida musobaqani tark etdi.













