«Manchester Siti» klubi «Everton» hujumchisi Iliman Ndiayega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda «Give Me Sport» portali xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya chempioni 26 yoshli senegallik futbolchini sotib olish imkoniyatini jiddiy ravishda ko‘rib chiqmoqda va allaqachon uning transferi uchun kurashga kirishgan. Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi ham asosiy tarkibdan joy kafolatlanmagan bo‘lsa-da, «Etixad»ga o‘tishdan manfaatdor bo‘lishi mumkin.
Ortda qolgan mavsumda Ndiaye Afrika Millatlar Kubogida Senegal terma jamoasi safida ishtirok etgani sababli, klubning faqatgina ma’lum qism o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. APLning so‘nggi mavsumida Ndiaye 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













