Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» yarim himoyachisi Angliya klubiga o‘tishi mumkin

«Real» yarim himoyachisi Angliya klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Tyago Pitarch Ispaniya chempionatini Angliya Premyer-ligasiga almashtirishi mumkin. Bu haqda «Fichajes» jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli ispaniyalik yarim himoyachini sotib olishga «Brentford» klubi qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi rahbariyati futbolchining transferi uchun 25 million yevro ajratishga tayyor.

Pitarch va «qaymoqranglilar» o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati keyingi yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. «Transfermarkt» portali futbolchining bahosini 20 million yevroga baholagan.

La Liganing yakunlangan mavsumida Tyago 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:11, 08.06.2026.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик