Kirish Ro'yxatdan o'tish

Braziliya terma jamoasidan kelgan chaqiruv Edersonni shoshirib qo‘ydi

Braziliya terma jamoasidan kelgan chaqiruv Edersonni shoshirib qo‘ydi

Baho:
+ | -

7 iyun kuni ma’lum bo‘lishicha, Braziliya terma jamoasining jarohat olgan himoyachisi Uesli o‘rniga tarkibga yarim himoyachi Ederson chaqirildi. Ushbu futbolchi «Atalanta» klubi sharafini himoya qiladi.

Ederson Jahon chempionatiga boradigan 55 nafar nomzodning kengaytirilgan ro‘yxatidan joy olganini bilsa-da, yakuniy qaydnomaga kirishiga deyarli ishonmayotgan edi. Shu sababli futbolchi ta’tilni o‘z vatanida o‘tkazayotgan, uning xorijga chiqish pasporti esa boshqa shaharda edi. So‘nggi shanba kuni oqshomda Ederson do‘stining to‘yida mehmon bo‘ldi, yakshanba kuni ertalab esa Federasiyadan qo‘ng‘iroq qilib, terma jamoaga chaqirilgani haqidagi xabarni yetkazishdi.

Natijada, Edersonning do‘stlari uning pasportini futbolchi AQSHga uchib ketishi kerak bo‘lgan San-Paulu shahriga yetkazib berishdi. Shu bilan bir vaqtda, futbolchining rafiqasi safar uchun chamadon va kiyim-kechak qidirish bilan band bo‘ldi.

Braziliyaliklarning Jahon chempionatidagi debyut uchrashuvi keyingi shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Marokash terma jamoasi raqiblik qiladi. Shuningdek, Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoa guruh bosqichida Shotlandiya va Gaiti bilan ham kuch sinashadi.

Kiritildi: 17:07, 08.06.2026.
O'qildi: 1829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик