Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» «Barselona»ni sovrinlaridan mahrum qilishni talab etmoqda

«Real» «Barselona»ni sovrinlaridan mahrum qilishni talab etmoqda

Baho:
+ | -2

«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres mashhur «Negreyra ishi» bo‘yicha o‘z fikrlarini bir necha bor bildirib o‘tgan edi. Peres «Barselona»ning qattiq jazolanishiga erishmoqchi — Madrid klubi Kataloniya grandining hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidentiga qilgan to‘lovlari hakamlarga ta’sir o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan deb hisoblaydi. O‘z navbatida, «ko‘k-anorranglilar» bu mablag‘lar faqatgina hakamlik bo‘yicha hisobotlar uchun to‘langanini ilgari surishgan.

AS nashrining xabar berishicha, «Real» allaqachon UEFAga ushbu ish bo‘yicha keng qamrovli hisobot yuborgan. Madridliklar «Barselona»ni o‘sha yillar davomida qo‘lga kiritgan barcha titullaridan mahrum qilishga urinmoqda. Bundan tashqari, «qaymoqranglilar» Kataloniya klubining yevrokuboklardan chetlatilishini ham talab qilishmoqda.

UEFA mazkur masala bo‘yicha yakuniy qarorni ushbu ish yuzasidan olib borilayotgan sud jarayonlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng qabul qiladi.

Kiritildi: 20:32, 08.06.2026.
O'qildi: 1264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик