Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Manchester Yunayted» Mourinyoning Tchuameni bo‘yicha qaroridan xabar topdi

«Manchester Yunayted» Mourinyoning Tchuameni bo‘yicha qaroridan xabar topdi

Baho:
+ | -

Joze Mourinyo tez orada «Real Madrid» boshqaruvini qo‘lga oladi. Portugaliyalik mutaxassis ayni damda jamoaning keyingi mavsum uchun tarkib rejalarini tuzish bilan band.

The Sun nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, Mourinyo yarim himoyachi Orelyen Tchuamenini «Real»da saqlab qolishga qaror qilgan. 26 yoshli fransiyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgan «Manchester Yunayted» klubi The Special Onening ushbu qaroridan allaqachon xabardor bo‘lgan.

Nufuzli Transfermarkt portali Orelyen Tchuamenini 70 million yevroga baholamoqda. Fransiyalik futbolchi «Real» safida jami 195 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Tchuamenining madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 20:43, 08.06.2026.
O'qildi: 1398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик