Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Portugaliyalik agent: «Ronaldu terma jamoa uchun foydadan ko‘ra ko‘proq bosh og‘rig‘idir»

Portugaliyalik agent: «Ronaldu terma jamoa uchun foydadan ko‘ra ko‘proq bosh og‘rig‘idir»

Baho:
+ | -

Portugaliyalik taniqli agent Paulu Barbozaning hisoblashicha, «An-Nasr» klubining 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasiga foyda keltirmaydi. Ekspertning fikriga ko‘ra, milliy jamoaning o‘yini faqatgina yulduzli forvard atrofiga quriladi va bu holat jamoaning taktik imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi.

«Krishtianusiz Portugaliya hujumda rang-barangroq o‘yin ko‘rsatadi, u bilan esa qarorlar qabul qilish doirasi torayadi. Shu sababli, Ronaldu hozirgi vaqtda jamoa uchun foydadan ko‘ra ko‘proq bosh og‘rig‘i, deb hisoblayman», — deydi ekspert.

Portugaliyaliklar mundialdagi yurishlarini 17 iyunga belgilangan DR Kongo terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlashadi. Guruh bosqichining qolgan ikki uchrashuvida Ronaldu jamoasi O‘zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 20:55, 08.06.2026.
O'qildi: 6261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик