«Real Madrid» klubining sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyati davomida birga to‘p surgan eng yaxshi futbolchi kimligini ma’lum qildi. Germaniyalik sobiq o‘yinchi o‘z faoliyatidagi eng zo‘r jamoadoshi hujumchi Krishtianu Ronaldu bo‘lganini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
«Men birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi? Bu — Krishtianu Ronaldu», — deya Kroosning so‘zlarini keltiradi The Touchline.
Toni Kroos 2024 yilgi Yevropa chempionatida Germaniya terma jamoasi safidagi ishtirokidan so‘ng, 34 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.
Uning sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu esa 41 yoshida ham faoliyatini davom ettirmoqda va Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi sharafini himoya qilmoqda. Hozirda portugaliyalik yulduz navbatdagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Portugaliya terma jamoasi mundialdagi ilk uchrashuvini 17 iyun kuni DR Kongoga qarshi o‘tkazadi.













