Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» tarkibida besh nafar fransiyalik futbolchi bo‘ladi

«Real» tarkibida besh nafar fransiyalik futbolchi bo‘ladi

Baho:
+ | -

Florentino Peres «Real» prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozondi. Endi Madrid klubi transfer bozorida tarkibni kuchaytirish ustida ish olib boradi.

Peres jamoa safiga Ibraima Konate kelib qo‘shilishi haqida gapirgan edi — xabarlarga ko‘ra, u allaqachon shartnoma imzolagan va Jahon chempionatidan so‘ng «qaymoqranglilar» ixtiyoriga yetib keladi.

Shu tariqa, «Real»da fransiyalik futbolchilar soni besh nafarga yetadi. Ayni paytda «qaymoqranglilar» sharafini Kilian Mbappe, Orelyen Tchuameni, Eduardo Kamavinga va Ferlan Mendi himoya qilmoqda. Ibraima Konate ham ushbu ro‘yxatni to‘ldirishi aniq.

«Real» 2025/2026 yilgi mavsumni sovrinlarsiz yakunladi. Ispaniya chempionatida jamoa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 23:06, 08.06.2026.
O'qildi: 2465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик