Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tebas Peresning qayta saylanishi haqida: «Florentino g‘alaba qozondi, ammo «Real»ning falsafasi o‘zgardi»

Tebas Peresning qayta saylanishi haqida: «Florentino g‘alaba qozondi, ammo «Real»ning falsafasi o‘zgardi»

Baho:
+ | -

La Liga rahbari Xavyer Tebas «Real»dagi prezidentlik saylovlari yakunlariga munosabat bildirdi. Kecha bo‘lib o‘tgan saylovlarda Florentino Peres 65 foiz ovoz to‘plab, 2030 yilgacha «Real» prezidenti etib qayta saylandi. Uning raqibi Enrike Rikelme esa 35 foiz ovoz oldi.

«Florentino Peres ishonchli g‘alabaga erishdi, ammo bundan 15 kun oldin hech kim tanimaydigan, meksikacha talaffuzga ega yigitning 35 foiz ovoz to‘plagani — yomon natija emas. Agar u ispancha talaffuzda gapirganida va ixtiyorimizda 40 kun bo‘lganida nimalar sodir bo‘lishini tasavvur ham qilolmayman.

Ko‘p yillardan beri futbol ichida yurgan biz kabi insonlar saylovoldi kampaniyasi davrida haqiqiy Florentinoni — men yaxshi biladigan Peresni ko‘rishdi. U g‘alaba qozondi, biroq boshqacha «Real» paydo bo‘ldi. Tarkibidagi klublarning 35 foizi o‘z fikriga qo‘shilmaydigan har qanday rahbar, shu jumladan men ham o‘z lavozimimda buni yoddan chiqarmasligim kerak.

Men uchun kim g‘alaba qozonishining ahamiyati yo‘q edi. Agar bundan 30 kun oldin Florentino Peresga muqobil sifatida kimdir o‘z nomzodini qo‘ya oladimi, deb so‘raganimizda, hech kim buni tasavvur ham qila olmasdi. 20–25 kun ichida mamlakatning «Barselona» bilan bir qatordagi eng muhim klubi falsafasi o‘zgardi», — dedi Tebas.

Kiritildi: 07:40, 09.06.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик