Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ispaniya terma jamoasi Peruni mag‘lub etdi (videosharh)

Ispaniya terma jamoasi Peruni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Ispaniya milliy terma jamoasi Peru ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bahs Puebla shahridagi «Kuautemok» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Ispaniya hisobni uchrashuvning 2-daqiqasidayoq ochdi. Hujumchi Mikel Oyarsabal jamoasini oldinga olib chiqdi. 32-daqiqada Pedri hisobdagi ustunlikni ikki baravarga oshirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshlanganidan sakkiz daqiqa o‘tib, peruliklar darvozaboni Pedro Galyesening avtogoli «Qizil furiya»ning ustunligini yanada mustahkamladi.

Peru terma jamoasi faqat 66-daqiqada javob golini urdi. Unga yarim himoyachi Xayro Veles mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, Peru terma jamoasi JCH–2026 yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Jamoa Janubiy Amerika saralash bosqichida to‘qqizinchi o‘rinni egallab, mundialdan chetda qoldi.

Ispaniya esa jahon chempionatida H guruhida ishtirok etadi. Uning raqiblari Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalari bo‘ladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
Peru — Ispaniya 1:3
Gollar: Oyarsabal, 2 (0:1), Pedri, 32 (0:2), Galyese, 53 (avtogol, 0:3) — Veles, 66 (1:3).

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:36, 09.06.2026.
O'qildi: 931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик