Gelzenkirxenning «Shalke» klubi rasmiy saytida darvozabon Loris Karius bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi.
Futbolchining «konchilar» bilan yangi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
«O‘tgan mavsum, agar biz birgalikda, hamjihatlikda va diqqatni jamlab harakat qilsak, jamoa sifatida nimalarga qodirligimizni ko‘rsatdi. Aynan shu sababli men shartnomani uzaytirishga qat’iy qaror qildim. Yangi mavsumni va Bundesligaga qaytishni sabrsizlik bilan kutyapman», — deya Kariusning so‘zlarini keltiradi nemis klubining rasmiy sayti.
Loris Karius 2025 yilning yanvaridan buyon «Shalke» safida to‘p suradi.
O‘tgan klub mavsumining 31 o‘yinida futbolchi 13 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. O‘sha mavsum yakunlariga ko‘ra jamoa Bundesligaga yo‘l oldi.













