«Roma»ning ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbik «Vilyarreal»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Roma Press xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, «Sariq suv osti kemasi» yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 28 yoshli futbolchining transferidan manfaatdor. Shuningdek, Rim klubi ukrainalik futbolchini «Trabzonspor»ga sotish variantini ham ko‘rib chiqmoqda.
Ta’kidlash joizki, Dovbik 2023/24 yilgi mavsumda «Jirona» sharafini himoya qilib, La Ligada o‘ynash tajribasiga ega bo‘lgan.
Avvalroq Dovbik «Roma»ni tark etishga tayyor ekani haqida xabar berilgandi, chunki u jamoa bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperinining rejalariga kirmaydi.













