Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Benfika» Mourinyoning shartnomasini «Real»ga sotganini e’lon qildi

«Benfika» Mourinyoning shartnomasini «Real»ga sotganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Benfika» o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Madridning «Real» klubi Lissabon jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun 15 million yevro to‘laganini ma’lum qildi. Portugaliyalik mutaxassis ushbu hamkorlikni to‘xtatishga rozilik bergani ta’kidlangan.

«Rahmat, Joze Mourinyu», — deyiladi «Benfika» xabarida.

Avvalroq OAVda Mourinyu «qaymoqranglilar» bilan 2028 yilgacha, yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan shartnoma imzolashi haqida xabar berilgan edi. Murabbiyning «Real»dagi maoshi yiliga taxminan 7-8 million yevroni tashkil qiladi.

63 yoshli mutaxassis «Benfika»ni 2025 yilning sentyabr oyidan beri boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa barcha turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, shulardan 27 tasida g‘alaba qozondi, 10 tasida durang o‘ynadi va 8 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:33, 10.06.2026.
O'qildi: 862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик