Mashhur agent Jorje Mendesh Angliya Premyer-ligasida to‘p tepadigan o‘z mijozlaridan uch nafarini Madridning «Real» klubiga joylashtirmoqchi. Gap «Manchester Siti» markaziy himoyachisi Ruben Diash va o‘ng qanot himoyachisi Mateus Nunes, shuningdek, «Vest Xem» yarim himoyachisi Mateush Fernandesh haqida bormoqda.
El Chiringuito TV xabariga ko‘ra, Mendesh ushbu uch nafar portugaliyalik futbolchining xizmatlarini «qirollik klubi»ga taklif qilgan.
Transfermarkt portalida 29 yoshli Diashning transfer bahosi 55 million yevroni tashkil etadi. O‘sha sayt mutaxassislari tomonidan 27 yoshli Nunes va 21 yoshli Fernandeshning bahosi 50 million yevroga baholangan.
Yaqin vaqt ichida Joze Mourinyo rasman «Real» bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda.













