Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Kessie Italiyaga qaytish niyatida qat’iy to‘xtamga keldi

Kessie Italiyaga qaytish niyatida qat’iy to‘xtamga keldi

Baho:
+ | -

Ivuarlik yarim himoyachi Frank Kessie anchadan buyon ilgari «Atalanta» va «Milan» kabi klublar safida muvaffaqiyatli to‘p tepgan Italiya chempionatiga qaytish rejasini tuzib yuribdi.

Agar avvalroq uning keyingi jamoasi sifatida «Roma» tilga olingan bo‘lsa, hozirda Luchano Spalletti boshqaruvidagi Turinning «Yuventus» klubi ko‘proq nomzod sifatida ko‘rilmoqda — Kessie aynan ushbu mutaxassis qo‘l ostida o‘ynashni juda xohlamoqda, deya aniqlik kiritmoqda derbyderbyderby.it nashri.

29 yoshli futbolchi A Seriyaga qaytish uchun hatto maoshining sezilarli darajada kamayishiga ham rozi. Ayni damda u Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubi sharafini himoya qilmoqda. Futbolchi ushbu jamoaga 2023 yilda, «Barselona»da o‘tkazgan bir mavsumidan so‘ng kelib qo‘shilgan edi.

Kiritildi: 06:28, 10.06.2026.
O'qildi: 379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик