Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

«Bayer» Delgado uchun kurashda raqobatchilarini ortda qoldirmoqda

«Bayer» Delgado uchun kurashda raqobatchilarini ortda qoldirmoqda

Baho:
+ | -

Leverkuzenning «Bayer» klubi «Boka Xuniors» yarim himoyachisi Milton Delgado uchun kurashda eng qulay pozisiyani egallab turibdi. Bu haqda Sky Germany nashri xabar bermoqda.

Maydon markazi va tayanch zonasida harakat qiluvchi 20 yoshli futbolchi anchadan beri Germaniya klubining qiziqishlar doirasida bo‘lib kelayotgan edi. Yaqinda ushbu poygaga Bundesliganing boshqa vakillari Dortmundning «Borussiya»si hamda Frankfurtning «Ayntraxt» klublari ham qo‘shildi.

Manbaning xabariga ko‘ra, agar Argentina klubiga 10-12 million yevro atrofida taklif tushsa, ular futbolchini sotishga tayyor. Delgadoning «Boka Xuniors» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 5 ta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 07:03, 10.06.2026.
O'qildi: 325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик