Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn Daniya va Ukraina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz voqeadan so‘ng, «Tottenxem»dagi sobiq jamoadoshi Kristian Eriksen bilan bog‘langanini ma’lum qildi. 34 yoshli daniyalik futbolchi bahsning 65-daqiqasida maydonga yiqilib, bir zumga hushini yo‘qotgan edi.
«Men bugun u bilan bog‘landim. Krisdan hali javob olganim yo‘q, lekin u dam olmoqchi ekanligi va vaqtini oilasi davrasida o‘tkazishi haqida bayonot berdi. Menimcha, bu juda muhim», — deya Keynning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda ITV nashri.
Qayd etilishicha, futbolchi faoliyatida ikkinchi bor shunday holat takrorlanganidan keyin, OAVda Eriksenning professional faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi taxminlar paydo bo‘la boshladi.













