Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Yamal: «Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin odamlar hamma narsani tushunib yetishadi»

Yamal: «Messi faoliyatini yakunlaganidan keyin odamlar hamma narsani tushunib yetishadi»

Baho:
+ | -

«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal Lionel Messining yetarlicha baholanmagan jihati haqida gapirdi. Argentinalik yulduz 2021 yilda Kataloniya klubini tark etgan edi va hozirgi vaqtda «Inter Mayami» safida to‘p tepmoqda.

«Kamp Nou»ga borib, Messining o‘yinlarini tomosha qilgan paytlarimdan juda yoqimli xotiralar qolgan. Odamlar bu jihatga unchalik e’tibor berishmaydi, ammo u o‘z harakatlari bilan har bir uchrashuvda hammani o‘rnidan turib ketishga majbur qilardi.

Albatta, futbolchining ko‘p gol urishi va golli uzatmalar amalga oshirishi juda yaxshi, lekin Messi bundan ham qiyinroq narsaning uddasidan chiqardi: u har bir o‘yinda takrorlanmas ekanligini isbotlardi. Menimcha, uning bu xislatini faqat futboldan ketganidan keyingina chin dildan qadrlay boshlashadi, vaholanki men uning faoliyatini hech qachon yakunlamasligini istardim», — deya Yamalning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline nashri.

Eslatib o‘tamiz, yana ikki haftadan keyin Lionel Messi 39 yoshni qarshi oladi.

Kiritildi: 07:50, 10.06.2026.
O'qildi: 714 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик