«Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol katta ehtimol bilan ingliz klubidagi faoliyatini davom ettiradi va yangi shartnoma imzolaydi. Jurnalist Sem Lining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni uzaytirishga juda yaqin turishibdi.
Qayd etilishicha, xorvatiyalik futbolchi o‘zini jamoada ham, shaharda ham juda qulay his qilmoqda, shu sababli klubdan ketish variantlarini umuman ko‘rib chiqmayapti.
Gvardiol «Manchester Siti» safida 2023 yilning yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Xorvatning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning transfer qiymati 70 million yevroga baholanmoqda. APLning yakunlangan mavsumida futbolchi 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan edi.













