Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid 4-0 Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted 5-2 Ipsvich
30/08 21:30 Napoli 1-2 Komo
30/08 22:30 Deportivo 3-1 Valensiya
30/08 23:45 Kalyari 0-1 Inter
30/08 23:45 Lasio 1-0 Jenoa
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Ispaniya nashrlari Joze Mourinyoning «Real»dagi taqdimoti qachon o‘tishini ma’lum qildi

Ispaniya nashrlari Joze Mourinyoning «Real»dagi taqdimoti qachon o‘tishini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Real» klubi bosh murabbiyiga aylanishi kutilayotgan Joze Mourinyoning rasmiy taqdimoti 2026 yil iyulidan oldin o‘tmaydi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik murabbiyning taqdimoti 8 iyun, dushanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Biroq «Santyago Bernabeu» stadionida Rim papasining tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir sabab klub o‘z rejalarini keyinga qoldirishga majbur bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, Mourinyoning tayinlangani haqida yaqin kunlarda rasman e’lon qilinishi mumkin. Ammo shundan so‘ng iyul oyigacha tanaffus yuzaga keladi.

Shuningdek, taqdimot marosimi 13 iyulga qadar o‘tkazilishi kerakligi qayd etilmoqda. Aynan shu kuni «Qirollik klubi» 2026/2027 yilgi mavsum oldidangi tayyorgarlik yig‘inini boshlaydi.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari Mourinyo «Real» bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi, kelishuvda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bo‘lishi haqida xabar bergan edi. Murabbiyning Madrid klubidagi yillik maoshi 7–8 million yevro atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:13, 11.06.2026.
O'qildi: 1729 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик