Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Rafinya: «Vinisius biz uchun Jahon chempionatini yutib berishi mumkin»

Rafinya: «Vinisius biz uchun Jahon chempionatini yutib berishi mumkin»

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya Dias bo‘lajak Jahon chempionatida Vinisius Juniordan nimalar kutayotgani haqida gapirib berdi.

«Barselona» va Madridning «Real» klublari yulduzlari mundialda «pentakampeonlar»ning hujum chizig‘ida birgalikda harakat qilishadi.

«Vinisius o‘yinlar taqdirini hal qilishga qodir. U Braziliyaga oltinchi Jahon kubogini olib kelishi mumkin», — deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Braziliyaning Jahon chempionatidagi hozircha oxirgi g‘alabasi 2002 yilga to‘g‘ri keladi. Yaqindagina «selesao» murabbiyi Karlo Anchelotti bo‘lajak turnirda o‘z jamoasining zafariga ishonishini ma’lum qilgan edi.

Braziliyaliklar guruh bosqichida Marokash, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Kiritildi: 10:18, 11.06.2026.
O'qildi: 316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик