Braziliya terma jamoasining yulduzli hujumchisi Neymar boldir mushagidagi jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tamoqda. Bu haqda Globo jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ma’lum bo‘lishicha, 34 yoshli hujumchi individual dastur asosida shug‘ullanmoqda. Hozircha Neymarga umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarda qatnashishga ruxsat berilmagan. Uning Jahon chempionati guruh bosqichining ilk turida Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushishi amrimahol. Uchrashuv 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Braziliya va Marokash bilan bir guruhda Gaiti hamda Shotlandiya terma jamoalari ham joy olgan. Mundialga AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Amaldagi Jahon chempioni Argentina hisoblanadi.













