Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Xavi Messini o‘z orzusidagi besh kishilik jamoaga kiritdi

Xavi Messini o‘z orzusidagi besh kishilik jamoaga kiritdi

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq futbolchisi va murabbiyi Xavi Ernandes o‘zi birga to‘p tepgan eng yaxshi o‘yinchilardan iborat kichik jamoa tuzdi.

Afsonaviy sobiq yarim himoyachi darvozadan Viktor Valdesga joy ajratgan bo‘lsa, yagona himoyachi sifatida Karles Puyolni tanladi, deb xabar beradi Barca Universal.

Yarim himoyachilar orasida klub tarixidagi eng muvaffaqiyatli davrda «ko‘k-anorranglilar» maydoni markazida Xavining o‘zi bilan mashhur uchlikni tashkil qilgan Andres Inyesta va Serxio Buskets e’tirofga sazovor bo‘lishdi. Hujumdan esa, tabiiyki, Lionel Messi joy oldi.

Xavi «Barselona»ning asosiy jamoasida 1998 yildan 2015 yilgacha to‘p surgan, shundan so‘ng «Al-Sadd»ga o‘tib, u yerda to‘rt yildan keyin faoliyatini yakunlagan edi. 2021 yildan 2024 yilgacha ispaniyalik mutaxassis Kataloniya grandida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.

Kiritildi: 10:38, 11.06.2026.
O'qildi: 365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик