Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Morata qayerda xato qilganini aytdi

Morata qayerda xato qilganini aytdi

Baho:
+ | -

«Komo» hujumchisi Alvaro Morata Madridning «Atletiko» klubidan ketganidan afsusda ekanligini tan oldi. Ispaniyalik futbolchi 2024 yilning yozida «matraschilar» safini tark etib, «Milan»ga o‘tgan edi, biroq u yerga unchalik moslashib keta olmadi. Oradan atigi yarim yil o‘tib, hujumchi «Galatasaray»ga ijaraga ketdi, 2025/26 yilgi mavsumni esa ijara asosida «Komo»da o‘tkazdi.

«Atletiko»ni tark etish qarori mening eng katta xatom bo‘ldi. Men «Atletiko» bilan qo‘lga kiritiladigan bitta sovrin uchun o‘zimning barcha sovrinlarimni almashgan bo‘lardim. Bu klubni juda yaxshi ko‘raman, u yerda o‘zimni baxtli his qilgandim», — deya 33 yoshli futbolchining Marca nashriga bergan intervyusidan iqtibos keltiradi.

Yakunlangan mavsumda Alvaro Morata «Komo» safida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo bor-yo‘g‘i bitta gol urdi.

Kiritildi: 11:01, 11.06.2026.
O'qildi: 502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик