Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Son: «Men «Sonaldu» laqabiga loyiq emasman»

Son: «Men «Sonaldu» laqabiga loyiq emasman»

Baho:
+ | -

«Los-Anjeles» va Janubiy Koreya terma jamoasi hujumchisi Son Xin Min o‘zining mashhur laqabi haqida fikr bildirdi. 33 yoshli futbolchi, ayniqsa meksikalik muxlislar uni portugaliyalik Krishtianu Ronalduga qiyoslab, «Sonaldu» deb atashni juda yaxshi ko‘rishlarini tan oldi.

«Los-Anjelesda meksikaliklar juda ko‘p. Men ularning ehtirosini his qilaman, menga juda iliq munosabatda bo‘lishadi, buning uchun ulardan minnatdorman. Ammo yo‘q, bunday laqabga loyiq bo‘lish uchun yetarlicha ish qildim deb o‘ylamayman», — deya Sonning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi Londonning «Tottenxem» klubidagi o‘n yillik faoliyatidan so‘ng, o‘tgan yilning avgust oyida MLSga ko‘chib o‘tgan edi. Son Janubiy Koreya tarkibida JCH-2026 guruh bosqichi doirasida Meksika terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Meksika — mundialga mezbonlik qilayotgan uchta davlatdan biridir.

Kiritildi: 11:06, 11.06.2026.
O'qildi: 595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик