Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Jahon chempionati guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Marokashga qarshi bahs oldidan ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashdi va o‘z fikrlarini bildirdi.
«Marokash turnirning ushbu bosqichida bizning asosiy raqibimiz hisoblanadi. Bu birinchi o‘rin uchun hal qiluvchi o‘yin bo‘ladi. Guruh g‘olibi pley-off bosqichida nisbatan osonroq setkaga tushadi», — deya italiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda ijtimoiy tarmoqlardagi AlmarssadPro akkaunti.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 13 iyundan 14 iyunga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
Jahon chempionati bahslariga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilmoqda. Musobaqaning amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.













