Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Kasilyas sobiq klubidan infarkt uchun 3,7 million yevro undirishni istamoqda

Kasilyas sobiq klubidan infarkt uchun 3,7 million yevro undirishni istamoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Ispaniya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas «Portu» klubidan yirik miqdorda pul kompensasiyasi talab qilmoqda. Bu haqda AS nashri jurnalistlari xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, sobiq posbon «ajdarholar» mashg‘uloti paytida o‘zi o‘tkazgan yurak xuruji (infarkt) sababli Portugaliya klubidan 3,7 million yevro undirib olmoqchi. Ushbu voqeadan bir necha oy o‘tib, ispaniyalik futbolchi professional faoliyatini yakunlashga qaror qilgan edi.

Kasilyasning ta’kidlashicha, yurak xurujiga mashg‘ulot jarayonidagi haddan tashqari zo‘riqish sabab bo‘lgan. Ikerning so‘zlariga ko‘ra, bu hodisa uning keyingi hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

«Men sport zaliga boraman, padel-tennis o‘ynayman, lekin ko‘p yugura olmayman. Maksimum 50 metrgacha», — deya sobiq darvozabonning sud majlisidagi gaplaridan iqtibos keltirmoqda manba.

Eslatib o‘tamiz, Iker Kasilyas 2020 yilning yozida futbolchilik faoliyatiga yakun yasagan edi.

Kiritildi: 12:14, 11.06.2026.
O'qildi: 350 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик