«PSJ» yarim himoyachisi Vitinyaning manfaatlarini himoya qiluvchi mashhur futbol agenti Jorje Mendesh mijozining Madridning «Real» klubiga ehtimoliy transferi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
«Vitinya hech qachon boshqa klubga o‘tish variantini ko‘rib chiqmagan. U «PSJ» uchun almashtirib bo‘lmas futbolchi hisoblanadi. Parijda uni hamma narsa qoniqtiradi», — deya agentning so‘zlarini keltirmoqda taniqli insayder Fabrisio Romano.
Ma’lumot uchun, Vitinya 2022 yilning yozidan buyon Parij klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2029 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Transfermarkt portali ekspertlari portugaliyalik futbolchining transfer qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.













