Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Manchester Siti» Elliot Anderson uchun 140 million yevro to‘lashga tayyor

«Manchester Siti» Elliot Anderson uchun 140 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Anderson transferi bo‘yicha juda yirik miqdorda taklif yubordi. Jami bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda, ushbu kelishuv qiymati 140 million yevroga yetishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder David Ornshteyn xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, «shaharliklar»ning «o‘rmonchilar»ga qilgan hozircha og‘zaki taklifi 106 million funt sterlingni (taxminan 123 million yevro) tashkil etmoqda. Shartnomada ko‘zda tutiladigan turli bonuslar bilan esa ushbu summa 120 million funt sterlingga (140 million yevro) yetishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, ayni damda «Nottingem Forest» rahbariyati ehtimoliy bonuslarga bog‘lanib qolishni istamayapti. Klub rahbarlari Britaniya transfer rekordini yangilaydigan mazkur mablag‘ning barchasini kafolatlangan holda (ya’ni naqd pul shaklida) oldindan olishni talab qilmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Kiritildi: 13:15, 11.06.2026.
O'qildi: 311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик