Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Manchester Yunayted» tarkibni tajribali darvozabon bilan kuchaytirmoqchi

«Manchester Yunayted» tarkibni tajribali darvozabon bilan kuchaytirmoqchi

Baho:
+ | -

«Lids» klubining uelslik posboni Karl Darlou shu yozda erkin agent sifatida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Uning «tovuslar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi.

The Athletic jurnalistlarining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 35 yoshli golkiperni o‘z safiga qo‘shib olishga «Manchester Yunayted» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» tajribali uelslik futbolchini jamoada ikkinchi raqamli darvozabon rolida ko‘rishmoqda. Ayni damda mankunianliklarning asosiy posboni («birinchi raqami») Senne Lammens hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Angliya Premyer-ligasining yakunlangan mavsumida Karl Darlou «Lids» tarkibida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Tajribali golkiper ushbu bahslarda o‘z darvozasidan 27 ta to‘p olib chiqqan bo‘lsa, 5 ta o‘yinda raqiblariga gol urish imkoniyatini bermadi.

Kiritildi: 13:19, 11.06.2026.
O'qildi: 388 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик