Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

Desham «Real» bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxatida bo‘lganini aytdi

Desham «Real» bosh murabbiyligiga nomzodlar ro‘yxatida bo‘lganini aytdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham faoliyati davomida Madridning «Real» klubi ustoziga aylanishi mumkin bo‘lgani haqida gapirib berdi. Bu haqda Madrid Extra nashri xabar bermoqda.

«Men «Real»ning short-listidan (nomzodlarning qisqa ro‘yxati) joy olgan edim. O‘g‘lim bu haqda menga hazil qilib gapirgani yodimda, chunki bu voqea va muzokaralar ikki yil davomida cho‘zilgan edi», — deya Deshamning so‘zlarini keltirmoqda matbuot.

Ma’lumot uchun, Didye Desham 2012 yildan buyon Fransiya milliy terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida «uchranglilar» 2018 yilgi Jahon chempionatida hamda 2021 yilgi Millatlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan.

Shuningdek, fransuzlar uning boshqaruvida Yevro-2016 va JCH-2022 turnirlarining finaliga qadar yetib borishgan. Desham murabbiylik faoliyati davomida terma jamoadan tashqari «Monako», «Yuventus» va «Marsel» klublarida ham muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 13:27, 11.06.2026.
O'qildi: 979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик