Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

«Real» Kamavinganing narxini sezilarli darajada pasaytirdi

«Real» Kamavinganing narxini sezilarli darajada pasaytirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga shu yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Alfredo Pedulla xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid grandi rahbariyati fransiyalik futbolchini mazkur transfer oynasida sotib yuborish variantlarini faol ko‘rib chiqmoqda. «Qaymoqranglilar» futbolchi uchun so‘ralayotgan transfer bahosini 50 million yevrogacha tushirishgan. Aytish lozimki, bundan avvalroq «Real» o‘z yarim himoyachisini 80 million yevrodan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Eduardo Kamavinga 2021 yilda Fransiyaning «Renn» klubidan 31 million yevro evaziga Madridga ko‘chib o‘tgan edi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda 23 yoshli yarim himoyachi «Real» tarkibida barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Tomonlar o‘rtasidagi vaziyatni Yevropaning bir qator yetakchi klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Kiritildi: 16:24, 11.06.2026.
O'qildi: 555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик