Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

FIDE Rossiya shaxmat federasiyasining a’zoligini vaqtincha to‘xtatdi

FIDE Rossiya shaxmat federasiyasining a’zoligini vaqtincha to‘xtatdi

Baho:
+ | -

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) kengashi Rossiya shaxmat federasiyasining (RSHF) tashkilotdagi a’zoligini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma’lum qilingan. Ushbu qaror Rossiya tomoni Sport arbitraj sudi ( CAS) talablarini belgilangan muddatda bajarmagani ortidan qabul qilingan.

Gap 2024-yildan beri davom etib kelayotgan mojaro haqida bormoqda. O‘shanda Ukraina shaxmat federasiyasi Rossiya tashkilotini Ukrainaning bosib olingan hududlarida faoliyat yuritayotganlikda ayblab, shikoyat kiritgan edi. Natijada FIDE ruslarni ikki yilga chetlatgan, biroq keyinchalik apellyasiya ortidan bu jazo 45 ming yevrolik jarimaga o‘zgartirilgan.

Bunga javoban Ukraina tomoni CAS’ga murojaat qildi. Sud Rossiya federasiyasining xatti-harakatlari Ukrainaning hududiy yaxlitligiga xavf tug‘dirayotganini va FIDE nizomiga mutlaqo zid ekanini tasdiqladi.

Shuningdek, sud jarima tarzidagi jazoni yetarli emas deb topib, Rossiyadan 90 kun ichida bosib olingan hududlardagi faoliyatini to‘xtatishni talab qildi. Agar ushbu talab bajarilmasa, RSHF uch yilgacha a’zolikdan mahrum qilinishi belgilangandi. CAS qarorini ijro etishning so‘nggi muddati 9 iyun kuni yakuniga yetdi va bu holat a’zolikning to‘xtatilishiga olib keldi.

FIDE o‘z bayonotida joriy etilgan sanksiyalar faqat Rossiya shaxmat federasiyasining tashkiliy faoliyatiga tegishli ekanini alohida ta’kidlagan. Ya’ni, bu cheklovlar rossiyalik shaxmatchilarning xalqaro musobaqalardagi shaxsiy ishtirokiga to‘sqinlik qilmaydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:59, 11.06.2026.
O'qildi: 235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик