Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

JCH–2026 ochilish uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi

JCH–2026 ochilish uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish uchrashuvi yakunlandi. Mexiko shahridagi mashhur «Asteka» stadionida Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Meksika terma jamoasi hujumchisi Xulian Kinyones e’tirof etildi. U bahsda hisobni ochgan gol muallifi bo‘ldi.

Hozirda Kinyones Saudiya Arabistoni Pro-ligasida ishtirok etuvchi «Al-Qodisiya» klubi sharafini himoya qilmoqda. U Meksika terma jamoasi safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

2-turda Meksika 19 iyun kuni Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. Guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvini esa 25 iyun kuni Chexiyaga qarshi o‘tkazadi.

JAR terma jamoasi 18 iyun kuni Chexiya bilan kuch sinashsa, 25 iyun kuni Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:57, 12.06.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик