Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

“PSJ” APL grandlari da’vogarlik qilayotgan vingerini sotib yuborishi mumkin

“PSJ” APL grandlari da’vogarlik qilayotgan vingerini sotib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

Vinger Bredli Barkolaning “Pari Sen-Jermen”dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda. 23 yoshli futbolchining Parij grandi bilan amaldagi shartnomasi ikki yildan keyin yakuniga yetadi, shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar esa cho‘zilmoqda.

L'Equipe nashrining xabariga ko‘ra, “PSJ” tez orada fransiyalik futbolchini sotib yuborish ehtimolini inkor etmayapti. Barkola muhim o‘yinlarda asosiy tarkibda tez-tez maydonga tushishni istaydi, biroq jamoa unga bunday kafolatlarni berishga tayyor emas.

O‘yinchi o‘z kelajagi borasida bosh murabbiy Luis Enrike bilan suhbat o‘tkazishi kutilmoqda. Ispaniyalik mutaxassis Bredlini jamoada saqlab qolmoqchi. “Lion” tarbiyalanuvchisiga “Liverpul” va “Arsenal” klublari qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 06:50, 12.06.2026.
O'qildi: 310 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик