Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich, agar klub boshqaruviga Oliver Glasner kelsa va Ralf Rangnik sport direktori lavozimini egallasa, “Milan”da qolishi mumkin. Bu haqda pianetamilan.it xabar bermoqda.
Gap shundaki, “Real”ga qaytish varianti maydonga tushishni nazarda tutmaydi. Modrichni u yerga ma’muriy yoki vakillik lavozimiga taklif qilishmoqda. Biroq xorvatiyalik futbolchi hali ham a’lo darajadagi sport formasida va BAA yoki AQSH kabi futbol dunyosining chekka o‘lkalarida emas, balki Yevropada o‘ynashni xohlaydi.













