Angliyalik sobiq hujumchi Maykl Ouen start olgan Jahon chempionatida Angliya milliy jamoasini boshqarayotgan Tomas Tuxelning imkoniyatlariga shubha bilan qaramoqda. Uning fikricha, Tuxel bilan shartnomani uzaytirishga shoshilish kerak emas edi.
“U bilan shartnoma uzaytirilgani haqidagi xabardan hayron qoldim. Tuxelni hurmat qilgan holda aytamanki, u hali hech narsani isbotlagani yo‘q. Jahon chempionatiga yo‘llanma olish — bu tabiiy hol, qahramonlik emas. Har doim aytganimdek, biz uchun o‘z murabbiyimiz, ya’ni ingliz mutaxassisi bo‘lgani yaxshiroq”, — deya Ouenning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, inglizlar so‘nggi ikkita Yevropa chempionati finalida o‘ynashgan, biroq bu natijalar Tuxel kelishidan oldin qayd etilgan edi.













