JAR terma jamoasi bosh murabbiyi Ugo Bros JCH-2026 ochilish o‘yinida Meksikadan qabul qilingan mag‘lubiyat (0:2) haqida fikr bildirdi.
“Birinchi qizil kartochka bo‘yicha, o‘ylaymanki, hech narsa deyish shart emas. Ammo ikkinchisiga kelsak… Menga meksikalik futbolchi shunchaki mening futbolchimni to‘sib qolgandek tuyuldi — bunaqasi bo‘lib turadi. Hakam boshqacha qaror qabul qildi, shu sababli o‘yinni to‘qqiz kishi bo‘lib yakunlashga majbur bo‘lganimiz biroz alamli bo‘ldi.
Hisoblaymanki, jamoam yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Ayrim vaziyatlarda Meksika hatto umidsiz holatda ko‘rindi, ular bo‘sh hududlarni qanday topishni bilishmadi, shuning uchun umumiy olib qaraganda hammasi yaxshi edi. Keyingi o‘yingacha ustida ishlashimiz kerak bo‘lgan yagona jihat — to‘p bilan muomala qilish. Bugun ushbu komponentda unchalik yaxshi bo‘la olmadik”, — dedi Bros.













