Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

JCH-2026. Janubiy Koreya Chexiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi

JCH-2026. Janubiy Koreya Chexiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Koreya terma jamoasi JCH-2026 guruh bosqichi uchrashuvida Chexiya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Meksikaning Sapopan shahridagi “Estadio Akron” stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda gol urilmadi. 59-daqiqada chexiyalik Ladislav Kreychi bosh bilan gol urib, hisobni ochdi. Koreyslar tez fursatda javob qaytarishni uddalashdi. 67-daqiqada Xvan In Bom o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

77-daqiqada chexlar ikkinchi to‘pni kiritishgandi, biroq VAR Tomash Souchekning golini ofsayd sababli bekor qildi. 80-daqiqada Koreya terma jamoasi xavfli hujum bilan javob qaytardi va oldinga chiqib oldi — Xyon Gu O gol muallifiga aylandi.

Koreya 3 ochko jamg‘arib, "A" guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. Birinchi pog‘onadan esa ochilish o‘yinida JARni mag‘lub etgan (2:0) Meksika joy olgan. Chexiya va janubiy afrikaliklarda esa 0 ochkodan mavjud.

Kiritildi: 09:00, 12.06.2026.
O'qildi: 2009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик