Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi yarim himoyachi Skott Maktominayni yana «qizil iblislar» safida ko‘rishni istashini ma’lum qildi.
«MYU» Maktominayni qo‘yib yuborganiga ishona olmagandim. Uning qanchalik qattiq mehnat qilgani yaqqol ko‘rinib turardi. Skott har bir o‘yinda maydonga tushishga tayyor edi. U jamoaga haqiqatan ham katta foyda keltirardi. Uning ortga qaytarishlarini juda ham xohlardim», — deya afsonaviy forvardning so‘zlarini keltiradi Metro nashri.
Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar shotlandiyalik futbolchini «Napoli»ga 30 million yevro evaziga sotib yuborishgan edi. A Seriyaning o‘tgan mavsumida 29 yoshli yarim himoyachi 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













