«Brayton» klubi «Tottenxem»ga 19 yoshli xorvatiyalik himoyachi Luka Vushkovichni sotib olish bo‘yicha taxminan 35 million yevrolik taklif yubordi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Futbolchiga Yevropaning yana bir qator klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq Vushkovichning o‘zi faoliyatini rivojlantirish uchun «Brayton»ni eng ma’qul variant deb hisoblaydi. Bu ko‘p jihatdan jamoa bosh murabbiyi Fabian Xyurseler bilan bog‘liq bo‘lib, futbolchi u bilan «Gamburg»dagi ijara muddati orqali tanish.
Bundesliganing yakunlangan mavsumida himoyachi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va Yevropaning eng istiqbolli futbolchilaridan biri maqomini mustahkamladi. Shuningdek, Vushkovich Xorvatiya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilgan.
«Tottenxem» ushbu o‘yinchini 2023 yilda «Xayduk»dan taxminan 12 million yevroga sotib olgan edi, uning shartnomasi esa 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Futbolchi o‘z kelajagi borasidagi yakuniy qarorni turnir (JCH-2026) yakunlanganidan keyin qabul qiladi.













