Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Jud Bellingem JCH-2026 haqida: «Eng muhimi — futboldan zavq olish»

Jud Bellingem JCH-2026 haqida: «Eng muhimi — futboldan zavq olish»

Baho:
+ | -

Angliya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biri — jamoa ichidagi muhit hamda har bir futbolchining qo‘llab-quvvatlanishni his qilishi ekanini aytdi.

Futbolchi Angliya finalga qadar yetib borib, Ispaniyaga imkoniyatni boy bergan Yevro-2024 tajribasini yodga oldi va o‘shanda jamoada birdamlik yetishmaganini ta’kidladi.

«O‘shanda biz maydondan tashqaridagi ayrim masalalarda biroz xatoga yo‘l qo‘ygandik. Turli sabablarga ko‘ra, jamoa kutilgandek bir tanu bir jon bo‘la olmadi, deb o‘ylayman. Bosim ham o‘z so‘zini aytdi — bizni turnirda g‘alaba qozonishi shart bo‘lgan ikki-uchta favorit jamoadan biri deb hisoblashardi. Hatto g‘alaba qozongan o‘yinlarimizda ham ich-ichimizdan haqiqiy quvonchni his qilmasdik. Sababi u qadar yaxshi o‘yin ko‘rsata olmayotgandik», — dedi Bellingem «Lions’ Den» dasturida.

Terma jamoadagi hozirgi muhit haqida gapirar ekan, Bellingem tarkib yanada jipslashganini alohida qayd etdi:

«Bu safar o‘sha achchiq tajribaga tayanib, bir narsani yaxshi tushunib turibmiz: Jahon chempionati finalida g‘alaba golini uradigan futbolchi doim ham siz oldindan taxmin qilgan o‘yinchi bo‘lavermaydi. Shu bois har bir futbolchi tayyor turishi, o‘zini qadrli va jamoaning muhim bir bo‘lagi sifatida his qilishi lozim. Eng muhimi — jarayondan zavq olish. Futbolda g‘alabalar tez o‘tib ketadi, shuning uchun mana shu lahzalarni qadrlashni va ularni mahkam tutishni o‘rganish kerak».

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi Mundialdagi ishtirokini Xorvatiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Shundan so‘ng angliyaliklar guruh bosqichida Gana va Panama terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: 18:17, 12.06.2026.
O'qildi: 203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик