Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 Meksika - Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

«Milan» Mattias Yayssle bilan muzokaralarni qayta boshladi

«Milan» Mattias Yayssle bilan muzokaralarni qayta boshladi

Baho:
+ | -

«Milan» «Al-Ahli» bosh murabbiyi Mattias Yayssle bilan aloqalarni qayta tikladi. Bu haqda jurnalistlar Fabrisio Romano va Matteo Moretto xabar bermoqda. Manbalarga ko‘ra, tomonlar allaqachon yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishgan.

Bu qaror Oliver Glasner nomzodi atrofidagi mavhumlik fonida qabul qilindi. Glasnerning tayinlanishi ko‘p jihatdan Ralf Rangnikning klubga texnik direktor etib kelishiga bog‘liq edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis muzokaralar cho‘zilib ketganidan hafsalasi pir bo‘lgan va Avstriya terma jamoasida qolishga qaror qilgan.

Yayssle Osiyo Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan «Al-Ahli» klubida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Uning «Milan»ga o‘tishini shartnomasidagi 6 million yevro miqdoridagi tovon puli ko‘zda tutilgan band qiyinlashtirmoqda.

«Milan»ning bosh murabbiyi borasida yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Muqobil variantlar sifatida Ruben Amorim, Arne Slot va Maurisio Pochettino nomzodlari ham tilga olinmoqda.

Kiritildi: 01:49, 13.06.2026.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик